09:03 (14.11.2023)

1070

Homiladorlik paytida D vitamini qabul qilish bolalarda astma xavfini kamaytiradi

Amerikalik tadqiqotchilar homiladorlik davrida D vitamini qabul qilish kelajakda bolalarda astma xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Ish natijalari Allergiya va klinik immunologiya jurnalida chop etilgan.

D vitaminini astmani kamaytirish boʼyicha 15 yillik sinov maʼlumotlarini koʼrib chiqishda mualliflar homilador ayollarning ikki guruhini, soʼngra ularning uch va olti yoshli bolalarini oʼrganishdi. Ishtirokchilar homiladorlikning 10 dan 18 haftasiga qadar kuzatila boshlandi. Ikkala guruhdagi oilalarda allergiya yoki astma bilan kaksallanganlar bor edi. Birinchi guruh ishtirokchilari D vitaminini 4400 xalqaro birlik (ME) dozasida qabul qilishdi. Ikkinchi guruh ayollar prenatal vitaminlar bilan birga platsebo qabul qilishdi.

Maʼlum boʼlishicha, birinchi guruhdagi onalardan tugʼilgan bolalar astma bilan 20 foizga kamroq kasal boʼlishdi. Shu bilan birga, olti yoshda bu kasallikning ehtimoli 50 foizga kamaydi. Shuni taʼkidlash kerakki, kuzatuv va klinik tadqiqotlar natijalari bir xil emas. Birinchi guruh natijalari homiladorlik davrida D vitaminining yuqori darajasi astmadan himoya qilishi mumkinligini tasdiqlandi. Shuningdek, klinik tadkikotlar moddani qoʼshimcha sifatida qabul qilish samarali emasligini koʼrsatmadi.

Homiladorlik davrida oʼziga xos oziq moddalarning rolini toʼgʼri aniqlash uchun guruhdagi oziq moddalar dozasini, qoʼshimcha vaqtni va boshlangʼich darajasini hisobga olish kerak. Dastlabki tadqiqot buni hisobga olmadi, shuning uchun kelajakda koʼproq tadqiqotlar rejalashtirilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech