10:53 (27.01.2023)

3503

Qalbaki dorilardan oʼzingizni ehtiyot qiling

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qalbaki dorilar asosan internetda va dorixonalarda uchraydi. Shuningdek, kasal boʼlgan insonga  reklama qilingan “moʼjiza” tabletkalari muvaffaqiyatli sotiladi. Shuning uchun dori vositalarini yirik dorixonalardan sotib olish tavsiya etiladi.

Dori xarid qilishda qadogʼiga eʼtibor bering, u ishlab chiqaruvchi haqida koʼp narsalarni aytib berishi mumkin. Masalan:

- Qadoqning rangsizligi,

- xira yozuvlar va chizmalar,

- toʼliqsiz matn,

- osongina ishqalanadigan boʼyoq,

- egri va notekis qadoqlash,

- qoʼllanmaganlardagi xatolar,

- nusxa olingan qoʼllanma,

- qadoqlash oʼlchamlarining aslidan farq qilishi kabi  belgilar  qoʼlingizdagi dori qalbaki ekanligiga isbot hisoblanadi.

Shuningdek, chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, seriyalar paketda, blisterda, shishada va sertifikatda bir xil boʼlishi kerak.

Har qanday dori uchun, hatto eng koʼp sinovdan oʼtgani boʼlsa ham, dorixona xodimidan sertifikat soʼrab, dorining seriyasini va ishlab chiqarilgan sanasini tekshiring.

Dori mahsulotining qadogʼida:

- preparatning nomi va faol moddaning nomi, agar preparat tarkibida faqat bitta komponent boʼlsa.

 - ishlab chiqarilgan sana, partiya raqami va preparatning yaroqlilik muddati.

- dorivor mahsulot ishlab chiqarilgan korxonaning nomi.

 - preparatni saqlash va berish shartlari. Masalan, uni retsept boʼyicha yoki retseptsiz berilishi mumkinligi haqida maʼlumot.

 - preparatning dozalari soni.

 - ehtiyot choralari.

- dori vositasi ishlab chiqarilgan mamlakatning nomi.

- dori ishlab chiqarilgan kompaniyaning logotipi.

 - preparatning ingliz yoki lotin tilidagi nomi.

 - shtrix kod.

- preparatning ishlab chiqaruvchining tovar belgisi ekanligini va boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin emasligini koʼrsatadigan oʼziga xoslik belgisi boʼlishi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech