09:00 (13.03.2024)

1055

Qanday qilib qon bosimini toʻgʻri oʻlchash mumkin?

Qon bosimini aniqroq oʻlchash uchun  qoʻlning yuqori qismiga qoʻyiladigan manjetli tonometrlardan foydalanish kerak. Bunday qurilmalar barmoq va bilakka kiyiladiganlarga qaraganda aniqroq oʻlchovlarni amalga oshiradi, dedi terapevt.

 Mutaxassisning fikriga koʻra, manjet tirsakdan bir necha santimetr yuqorida joylashgan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, manjetni kiyim ustiga taqmaslik kerak. Qon bosimini oʻlchashda oyoqlarnichalkashtirib oʻtmaslik, harakat qilmaslik va gaplashmaslik kerak.

Qon bosimini oʻlchashdan oldin tinchlanish va qulay oʻtirib olish kerak. Qon bosimini kuniga ikki marta -ertalab va kechqurun, jismoniy mashqlardan, ovqatlanishdan, qahva yoki choydan kamida 30 minut oʻtgach oʻlchash lozim. Bu shifokorga tashxis qoʻyishda va davolanishni buyurishda yordam beradi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech