11:53 (11.03.2024)

850

Kovidga qarshi 217 ta vaktsina olgan insonda tekshiruv oʼtkazildi

Fridrixa-Аleksandra Erlangen-Nyurnberg universiteti (FAU) va Germaniyadagi Erlangen universitet kasalxonasi tadqiqotchilari 200 dan ortiq COVID-19 vaktsinasi olgan odamni tekshirdilar.

Ortiqcha emlash natijasida immun hujayralar antigenlarga oʼrganib qolgandan keyin samarasiz boʼladi, deb hisoblangan edi, biroq, 217 marta emlangan bemorning immun tizimi toʼliq ishlagan. Shuningdek, maʼlum immun hujayralari va SARS-CoV-2 ga qarsh antitelalar 3 marta emlangan odamlarnikiga qaraganda hatto ancha yuqori kontsentratsiyalarda mavjud.

Tadqiqotchilar T -effektor hujayralarida hech qanday charchoqni sezmadilar, ular odatdagi emlashlarni olgan nazorat guruhi hujayralari kabi samarali edi. Xotira T- hujayralari uchun ham xuddi shunday. Umuman olganda, immunitet tizimining boshqa patogenlarga qarshi samaradorligi oʼzgarmadi. Shunday qilib, ortiqcha emlash immunitet tizimiga zarar yetkazmaganligi aniqlandi.

Biroq, bu alohida holat boʼlib, xulosalar chiqarish yoki biron bir tavsiyalar berish uchun yetarli emas. Mavjud tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, zaif guruhlar uchun uch dozali emlash afzalroq yondashuv boʼlib qolmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech