10:48 (11.01.2024)

701

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlarning xaridlari uchun qoʼshilgan qiymat soligʼi qaytarib beriladigan tovarlar roʼyxati kengaytirildi

Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi.

Shunga koʼra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari roʼyxatiga quyidagilar kiritildi:

▪️un;
▪️shakar;
▪️dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

Bunda qoʼshilgan qiymat soligʼi summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha boʼlgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek, “Savdo va xizmat koʼrsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan oʼzgartirishga koʼra:

Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali roʼyxatdan oʼtkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

Ilgari maʼlum bir qiymat belgilanmagan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech