12:02 (12.01.2024)

610

Rossiyaliklar oʼzlari uchun eng yoqimsiz tibbiy muolajalarni nomlashdi

Rossiyaliklarning aksariyati tibbiy muolajalardan qoʼrqishadi (60%) va ularni eng koʼp tashvishga soladigan muolajalar roʼyxatining birinchi oʼrnini stomatologik davolanish (40%) egallaydi. «СберСтрахования» va «СберСтрахования жизни» kompaniyalari qoʼshma soʼrovi natijalari shuni koʼrsatdi.

Reytingda ikkinchi oʼrinni jarrohlik operatsiyalari egalladi - har toʼrtinchi soʼrov ishtirokchisi jarrohlikkacha borishdan ehtiyot boʼladi (26%), uchinchi oʼrinda inyektsiya (23%). Shuningdek, eng yoqimsiz muolajalar qatoriga yana mutaxassislarning tekshiruvlari (11%), MRT (10%) va venadan qon topshirish (7%) kiradi. Soʼrov ishtirokchilari eng kam qoʼrqishadigan muolajalar bu flyurografiya (0,5%), endoskopiya (0,2%) va koʼrish oʼtkirligini tekshirish (0,04%).

“Tadqiqotimiz shuni koʼrsatdiki, respondentlarning aksariyati (59%) tibbiy muolajalar oldidan noqulaylikni boshdan kechirishadi, chunki ular buni ogʼriqli deb bilishadi. Biroq, har uchinchi holatda (36%), maʼlum bir protseduradan qoʼrqish, buning natijasida qoʼyiladigan tashxis bilan bogʼliq ", - deya qoʼshimcha qildi Sberbankning Himoya sugʼurtasi mahsulotlari va xizmatlari boʼlimi direktori Denis Kuzmin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech