09:39 (05.02.2024)

704

QQS boʼyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi

Soliq qoʼmitasi 1 apreldan QQS boʼyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinishi haqida xabar berdi. Endi quyidagilar uchun ham QQS toʼlanadi.

savdo aylanmasi boʼyicha:

▫️ tibbiy xizmatlar;
▫️ veterinariya xizmatlari;
▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar.

Oʼzbekiston hududiga olib kirishda:

▫️ dori vositalari;
▫️ veterinariya dori vositalari;
▫️ tibbiyot va veterinariya uchun moʼljallangan buyumlar;
▫️ shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʼyxat boʼyicha olib kiriladigan xomashyo.

Aholiga koʼrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish boʼyicha:

▫️ suv taʼminoti;
▫️ kanalizatsiya;
▫️ sanitariya jihatdan tozalash;
▫️ issiqlik taʼminoti.

Аvval ushbu xizmatlarni koʼrsatish boʼyicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qoʼllanilgan.

2023 yilda QQS boʼyicha berilgan imtiyoz tufayli 2 610 ta korxona moliyaviy xizmatlarda 13,3 trln soʼmlik QQSsiz operatsiyalarni amalga oshirgan, 7 577 ta korxona esa 25,7 trln soʼm miqdorida QQS nol stavkasini qoʼllagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech