09:37 (03.02.2023)

2325

Sifati kafolatlanmagan “Seftriaksion” va “Kardiomagnil” dori vositasi toʼxtatib qolindi

Fargʼona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʼlimi xodimlari tomonidan olingan tezkor maʼlumotlar asosida viloyat DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. boshqaruvidagi kobalьt rusumli avtotransport vositasi Toshloq tumanida joylashgan fuqaro yashash xonadonidan chiqayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari va xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida avtomashina saloni va yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz sifati kafolatlanmagan 16 400 dona “Seftriaksion” nomli dori vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Fargʼona viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan soʼng, mazkur xonadon tegishli tartibda koʼzdan kechirilganida xonadonda yana 8 000 dona “Seftriaksion” nomli dori vositalari borligi maʼlum boʼldi. Ushbu xonadon egasining Toshloq tumanidagi yana bir xonadoni ham koʼzdan kechirilganida bu yerda ham hech qanday hujjatlarsiz sifati kafolatlanmagan 800 dona “Seftriaksion” va 40 000 dona “Kardiomagnil” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida dastlabki umumiy qiymati 171 200 000 soʼmlik 2 turdagi jami 65 200 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech