17:40 (10.05.2024)

604

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish tartib-qoidasi bor

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish shuningdek dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, shuningdek dori vositalarini  dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotganlik uchun sotganlik uchun — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. ( Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks)

Shunday harakatlar maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa (Jinoyat kodeksiga koʻra) — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:
a) koʻp miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa;
d) badanga oʻrtacha ogʻir yoxud ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa;
v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:
a) odamlar oʻlimiga sabab boʻlsa;
b) boshqacha ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, — oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech