09:00 (23.05.2024)

350

Sirdaryoda GDP boʼyicha oʼrganish ishlari olib borildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-20-son Farmoniga asosan “Zarur distribyutorlik amaliyoti-GDP” milliy standarti talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirish muddati farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi barcha mahalliy korxonalar uchun 2024 yil 1 iyulga qadar belgilangan edi.

Ushbu yoʼnalishda Sirdaryo viloyatidagi ulgurji korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi va “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat maussasasi xodimlari bilan xamkorlikda oʼrganishlar olib borilmoqda, xususan “Sirdaryo Dori-Darmon” MChJning bugungi kundagi holati, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining saqlanish sharoitlari, dori vositalari bilan taʼminlanishi va zarur amaliyotlar talablariga muvofiqlashtirish ishlari bilan tanishishdi.

Korxonadagi mavjud muammolar oʼrganilib, milliy standartlar asosida sertifikatlashtirish ishlarini jadallashtirish borasida yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda bartaraf qilishga tayyorligi alohida taʼkidlanib, zarur tavsiyalar va amaliy koʼmak berilgan holda belgilangan muddatdan oldin korxona sertifikatlashtirish ishlarini yakuniga yetkazishi haqida kelishib olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech