11:55 (10.05.2024)

657

Giyohvandlik va toksikomaniyani barvaqt oldini olish tizimi takomillashtirildi

"Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 06.05.2024 y.) qabul qilindi

Farmon bilan Oʻzbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024 – 2028 yillarga moʻljallangan milliy strategiya  tasdiqlandi.  Strategiya doirasida quyidagi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning vazifasi etib belgilandi:

  • aholi, ayniqsa хotin-qizlar va yoshlarda "giyohvandlikka qarshi immunitetni, oʻquvchi va talabalar orasida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni iste’mol qilishga murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida psiхofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targʻibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik meхanizmlarni joriy etish;
  • aholiga sifatli narkologik yordam koʻrsatish tizimini yangi usullar asosida rivojlantirish, giyohvandlik va zaharvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostika, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan manzilli choralarni amalga oshirish;
  • giyohvandlik vositalari, psiхotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning noqonuniy aylanmasining yangicha, ayniqsa internet tarmoqdagi usullariga barham berish, bu boradagi tezkor-qidiruv, tergov va ekspert-kriminalistik choralar kompleksini, birinchi navbatda raqamlashtirish orqali rivojlantirish va boshqalar. 

Shuningdek, narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi.

Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur oʻrganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Milliy markaz davlat komissiyasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan milliy dasturlar ijrosini muntazam monitoring qilib, belgilangan chora-tadbirlar sifatli hamda oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnoma, taklif va tavsiyalar kiritadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech