09:02 (08.06.2023)
2259
Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi (Sogʼliqni saqlash vazirligi buyrugʼi, roʼyxat raqami 3438, 31.05.2023 y.).
Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash shifoxona orqali amalga oshiriladi (Prezidentning 26.10.2022 yildagi PQ-411-son qarori).
Bunda, alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Bemorlarni davolash uchun talab etiladigan dori vositalarining toʼliq hajmda xarid qilinishini taʼminlash uchun shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi boʼyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Shuningdek, shifoxonalar tomonidan birlamchi zarur boʼladigan zaxiraning Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan shakllantirilishi nazarda tutilmoqda.
Respublika darajasidagi davlat shifoxonalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom quyidagi normalarni oʼz ichiga oladi:
➖ tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash;
➖ dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish va saqlash;
➖ bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.