09:01 (17.05.2023)

1979

Talaba boʼlish istagida boʼlgan xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʼmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʼyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʼlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʼlov-kontrakt asosida oʼqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʼlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʼmitasining tavsiyanomasiga ega boʼlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

➖ oʼrta maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha mutaxassislikka
ega boʼlishi;

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

➖oʼrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʼyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʼlishi.
 
Talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʼyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʼchirma;
➖ oʼrta-maxsus yoki professional taʼlim boʼyicha diplom.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʼrnatilgan tartibda 1-7 iyun kunlari koʼrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʼgʼrisida xulosa qabul qilinadi.

2022/2023 oʼquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024 yillar uchun ham amal qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech