11:36 (29.05.2023)

2451

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari boʻlgan dori vositalarining muomalaga kiritilishini oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro R.S. tarkibida psixotrop moddalar boʻlgan 588 dona dori vositalarini fuqaro A.A.ga 2 950 AQSH dollariga, fuqaro M.M. kuchli taʼsir qiluvchi 3 348 dona dori vositasini fuqaro M.A.ga 6,1 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.I.” XKga qarashli dorixona rahbari Sh.Yu. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan 130 dona dori vositasini oʻtkazgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech