17:37 (01.11.2023)

943

Niderlandiya olimlari choy va qahvalarda xavfsiz shakar miqdorini aniqlashdi

Gollandiyaning Leyden universiteti olimlari shirin choy va qahva sogʼliq uchun zararli emas, lekin ichimlikdagi shakar miqdori besh grammdan koʼp boʼlmasligi kerakligini aniqladilar. Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar 30 yildan ortiq vaqt davomida turli miqdorda shakar qoʼshilgan choy yoki qahva ichgan deyarli uch ming nafar tajriba ishtirokchisini kuzatdilar.

Tadqiqotning boshida va oxirida olimlar subʼektlarning sogʼligʼini tekshirdilar va tadqiqotni yakunlanishigacha vafot etganlarning oʼlim sabablarini monitoring qildilar. Natijalar erta oʼlim ichimliklarga shakar qoʼshilishi bilan bogʼliq emasligini koʼrsatdi.

Biroq, mutaxassislarni taʼkidlashicha, ular besh grammdan koʼp boʼlmagan shakar haqida gapirishmoqda, agar shirin ichimliklar va sharbatlar tarkibida taxminan 25 gramm shakar boʼlsa salomatlikka salbiy taʼsir qilishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech