15:58 (22.01.2024)

790

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining kelishi 2024-yilda ham davom etadi

O'zbekiston Prezidentining С gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo'yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo'lgan jami 800 ming dona С gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", B gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining beg'araz yordam sifatida berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo'lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech