09:11 (05.10.2023)

1309

Denov tumanida tadbirkorning 122,1 mln soʼmlik dori vositasini oʼzlashtirgan mudir aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʼlimi tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʼtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.Ph.” MChJga qarashli dorixona mudiri J.Sh. tadbirkorning oʼziga ishonib topshirilgan 122,1 mln soʼmlik dori vositalarini oʼzlashtirish yoʼli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (oʼzlashtirish yoki rastrata yoʼli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, prokuraturaga yuborilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech