12:00 (20.10.2023)

1169

Yevropa Ittifoqi yana dori vositalarining umumiy zaxirasini yaratish mavzusini koʼtardi

Yevropa Ittifoqida dori-darmonlar, xususan, penitsillin va amoksitsillin kabi antibiotiklar va paratsetamol kabi ogʼriq qoldiruvchi vositalar, ayniqsa, bolalar dozalarida tanqisligini oldini olish choralari haqida gapirdi, deya xabar bermoqda «TАSS».

Yevropa Komissiyasi hukumatlar, sanoat va fuqarolik jamiyatini muhim dori-darmonlar boʼyicha muammolarni hal qilish uchun birlashtirishga qaratilgan ittifoq tuzadi.

Hozirda muhokama qilinayotgan favqulodda choralar qatoriga quyidagilar kiradi: dori vositalarining yaroqlilik muddatini uzaytirish, dori vositalarini birgalikda xarid qilish va ularni Janubiy yarimshardagi mamlakatlar bilan almashish, muqobil yetkazib beruvchilarni jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini zudlik bilan oshirish.

Bryussel Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va Yevroparlamentni favqulodda vaziyatlarda dori vositalari ishlab chiqarish ustidan Yevropa komissiyasining nazoratini kuchaytirish uchun amaldagi qonunchilikni qayta koʼrib chiqishga chaqirdi. 2023 yil oxiriga qadar zarur dori vositalari roʼyxati tuzilib, ularning mavjudligi va yetkazib berilishi qatʼiy nazoratga olinishi kutilmoqda.

Eslatib oʼtamiz: 2022 yil oxirida JSST koronavirus cheklovlari bekor qilinganidan keyin butun dunyo boʼylab penitsillin va amoksitsillin yetishmasligini eʼlon qildi. 2023 yil boshida esa Yevropa Ittifoqida aʼzo mamlakatlarni muhim dori vositalari bilan taʼminlash maqsadida umumiy dori-darmon fondini yaratish taklifi ilgari surildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech