09:00 (01.02.2024)

944

Toshkentda bir oyda bir marta “Аvtomobilsiz kun” tadbiri oʼtkaziladi

Xabar berganimizdek, “Oʼzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʼyilgan.

2024 yilgi davlat dasturida qayd etilishicha, keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillardan chiqindi gazlar taʼsirini kamaytirish maqsadida Toshkent shahrida oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini qisqartirishga qaratilgan “Аvtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarining rahbar xodimlari va xodimlari jamoat transportida ish joyiga keladi va shu orqali aholiga namuna koʼrsatib boradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech