14:44 (22.02.2024)

844

JSST: Vabo 15 mamlakatda keng tarqalmoqda

Bu vaktsinalarning doimiy yetishmasligi bilan bogʼliq.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Аdanom Gebreyesusning aytishicha, vaktsinalar taqchilligi tufayli dunyoning 15 davlatida vabo jadal tarqalmoqda.

Insoniyatning yillar davomida vaboga qarshi kurashishda erishilgan yutuqlardan soʼng, mojarolar, qashshoqlik, iqlim inqirozi va global ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik sabab kasallik yana 30 mamlakatda qaytdi. Tashkilot Gaiti, Zambiya, Zimbabve, Sudan va Efiopiyadagi epidemiyalardan xavotirda, dedi u.

Gebreyesusning eslatishicha, 2022-yil oktabr oyida vaboga qarshi vaktsina taqchilligi sharoitida xalqaro muvofiqlashtiruvchi guruh standart ikki dozali emlash rejimini bir martalik dozaga oʼzgartirgan.

Ushbu chora-tadbirlarga qaramay, 2024 yil boshida,15 davlatda vabo jadal tarqalayotgan bir vaqtda vatsina zahiralari tugagan.

Tashkilot rahbari, dunyo tez oʼsib borayotgan vabo xavfini tushunishi kerakligini taʼkidladi. Uning soʼzlariga koʼra, vabo epidemiyasini tezda aniqlay oladigan epidemiologik nazorat tizimi kerak.

Avvalroq, 2023-yilda dunyoning 30 ta davlatida 708,2 mingdan ortiq vabo kasalligi qayd etilgani, 4,3 mingdan ortiq odam vafot etgani xabar qilingan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech