11:48 (14.11.2023)

1203

JSST koronavirusni davolash boʼyicha tavsiyalarini yangiladi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga doir tavsiyalarini yangiladi. Mazkur qoʼllanma COVID-19ni muolaja qilishga taalluqli yangi usullarning klinik sinovlari boʼyicha jamlangan soʼnggi xulosalarga asoslangan.

Yangi tavsiyalarga koʼra, koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish xavfining uch asosiy toifasi mavjud: yuqori, oʼrta va past.

Koʼrsatmalar gospitalizatsiya xavfi yuqori va oʼrta boʼlgan bemorlarda virusga qarshi remdesivir hamda molnupiravir preparatlarini qoʼllash boʼyicha tavsiyalarni oʼz ichiga oladi.

Unga muvofiq, shifoxonaga yotqizish xavfi oʼrta yoki past boʼlgan va xastalik yengil oʼtayotgan bemorlarga remdesivir hamda molnupiravir dorilarini qoʼllash tavsiya etilmaydi.

Bu preparatlardan faqat yuqori xavf guruhiga mansub kishilarda tibbiy koʼrsatmaga koʼra foydalanish taklif etiladi.

Oʼz navbatida, virusga qarshi yangi VV116 preparatini klinik sinovlardan tashqari, kasallikning ogʼirligidan qatʼi nazar, har qanday darajasida qoʼllash tavsiya etilmaydi. Bunday cheklov koronavirusga chalingan bemorlarda ivermektin dorisini qoʼllashda ham amal qilishi maqsadga muvofiq.

Mutaxassislar fikricha, yangi tavsiyalar COVID-19ning ayni paytdagi faol mutatsiya va subvariantlariga xos xususiyatlar hamda global emlash jarayonidan keyin insonlar immunitetida hosil boʼlgan ijobiy oʼzgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech