11:48 (17.05.2024)

651

JSST: Yurak-qon tomir kasalliklari har kuni 10 ming kishi vafotiga sabab boʼladi

Yevropada yurak-qon tomir kasalliklari oʼlimning 40% ni tashkil qiladi. Chorshanba kuni eʼlon qilingan JSST hisobotiga koʼra, bu kuniga 10 000 (yiliga toʼrt million) oʼlim.

"Tuz isteʼmolini 25 foizga qisqartirish boʼyicha maqsadli siyosatni amalga oshirish 2030 yilgacha yurak-qon tomir kasalliklaridan 900 000 ga yaqin inson hayotini saqlab qolishi mumkin", dedi Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining Yevropa direktori Xans Klyuge.

Tashkilot maʼlumotlariga koʼra, 30 yoshdan 79 yoshgacha boʼlgan har uchinchi voyaga yetgan aholi tuzni haddan tashqari koʼp isteʼmol qilishi natijasida kelib chiqqan gipertoniyadan aziyat chekadi.

Yevropaning 53 mamlakatidan 51 tasida oʼrtacha kunlik tuz isteʼmoli JSST tavsiya qilgan maksimal besh grammdan (bir choy qoshiqdan) oshadi. Bu ulЬtra-qayta ishlangan oziq-ovqat va gazaklarni tez-tez isteʼmol qilish bilan bogʼliq.

"Tuzni koʼp isteʼmol qilish qon bosimini oshiradi, bu yurak xuruji va insultь kabi yurak-qon tomir kasalliklari uchun yetakchi xavf omilidir", - deya ogohlantirdi mutaxassislar.

JSST maʼlumotlariga koʼra, Yevropada erkaklar ayollarga qaraganda yurak-qon tomir kasalliklaridan deyarli 2,5 baravar koʼproq vafot etishadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech