17:40 (25.10.2023)

1330

Shifokorlar demensiya rivojlanish xavfini kamaytiradigan rezavorni aniqlashdi

Sintsinnati universiteti tibbiyot markazi olimlari har kuni qulupnay isteʼmol qilish kognitiv qobiliyatlarni yaxshilanishiga, dementsiya (dementsiya — bu orttirilgan aqliy zaiflik) rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda 50 yoshdan 65 yoshgacha boʼlgan, oʼrtacha kognitiv nuqsoni boʼlgan besh erkak va 25 ayol ishtirok etdi. Olimlar bemorlarning sogʼligʼi haqida kerakli maʼlumotlarni toʼplashdi va ulardan qon namunalarini olishdi. Keyin ishtirokchilar ikki guruhga boʼlingan.

Birinchi guruh nonushta uchun quritilgan kukun shaklida qulupnay, ikkinchi guruh esa bir xil taʼm va hidga ega boʼlgan platsebo isteʼmol qilishdi.

12 haftalik tadqiqotdan soʼng ishtirokchilar kognitiv testlardan oʼtdilar. Qulupnay isteʼmol qilgan bemorlar platsebo guruhidagilarga qaraganda yaxshiroq natijani koʼrsatdi. Rezavor birinchi guruhdagi subʼektlarning ruhiy salomatligini ham yaxshiladi. Odamlarda depressiya belgilarining pasayishi qayd etilgan.

Olimlarning taʼkidlashicha, kognitiv qobiliyatlarning yaxshilanishi qulupnayning polifenollarga boy boʼlganligi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.

Iyul oyida San-Diego shtati universiteti olimlari ham qulupnay keksa odamlarning kognitiv faoliyatini yaxshilash va qon bosimini pasaytirish uchun foydali ekanligini aniqlagandi.

Tadqiqot davomida 66 yoshdan 78 yoshgacha boʼlgan 35 sogʼlom erkak va ayolning maʼlumotlarini koʼrib chiqildi. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, qulupnay isteʼmol qilgan guruhda kognitiv tezlik 5,2 foizga oshgan, sistolik qon bosimi 3,6 foizga pasaygan va umumiy antioksidant himoyasi 10,2 foizga oshgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech