09:05 (02.11.2023)

1154

Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

“Аholiga pensiya tayinlash boʼyicha koʼrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan:

  • fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʼshimcha ravishda ularning xohishiga koʼra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;
  • fuqarolar pensiya tayinlanganidan soʼng shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʼlarini YaIDXP yoki АT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin boʼladi.

Bunda, Pensiya jamgʼarmasi tuman (shahar) boʼlimlari tomonidan shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʼlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.

2025 yil 1 martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan yoshga toʼlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʼarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

2025 yil 1 martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobilь aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech