09:05 (18.10.2023)

1427

Oʼzbekiston va Turkmaniston tadbirkorlari oʼrtasida farmatsevtika sohasida shartnomalar imzolandi

Аshxobod shahrida farmatsevtika sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, mustahkamlash va mahalliy mahsulotlar eksportini koʼpaytirish maqsadida Oʼzbekiston – Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining uchinchi yigʼilishi oʼtkazildi.

Turkmaniston Respublikasi bilan farmatsevtika yoʼnalishidagi hamkorlik istiqbollari kengayishi mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qiziqtirmoqda.

Tadbirlar davomida Oʼzbekiston va Turkmaniston tadbirkorlarining B2B uchrashuvlari boʼlib oʼtdi. Xususan, Oʼzbekistonning farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi – “Fayz Kamfort Nur” X.K, “Аbu Bakirxon savdo nur” X.K, “Omad Аzimsher Fayz” MChJ, “Mahamat ota” MChJ, “CENTOR FOR THE ORGANIZATION OF FERULA“ MChJ, “NIKA PHARM” MChJ, “Optima Sobirjon“ MChJ, “Dentafill Plyus” MChJ, “OKS MASSAGET” MChJ, “Uzgermed Pharm”, “Fazo-luxe”, “Aziya imunopreparati“ kabi korxonalari turkmanistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʼtkazdi. Natijada 5,1 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech