17:48 (02.02.2024)

715

JSST- 26 yildan soʼng saratonga chalinish holatlari 77 foizga koʼpayadi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti onkologik kasalliklar boʼyicha oʼtkazilgan yangi tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Unda qayd etilishicha, 2050 yilga kelib, dunyoda saratonga chalinish koʼrsatkichlari yiliga 20 milliondan 35 million holatga koʼpayishi mumkin.

Oʼsish dinamikasiga taʼsir koʼrsatuvchi qator omillar mavjud. Ular orasida tamaki isteʼmoli, spirtli ichimliklar, semirish va havo ifloslanishi asosiy oʼrinni egallaydi.

Xususan, hisobotda inson taraqqiyoti indeksi juda yuqori boʼlgan mamlakatlarda har 12 ayoldan biri koʼkrak bezi saratoniga chalinishi prognoz qilingan. Shuningdek, har 71 nafar bemor ayoldan biri bu xastalik oqibatida vafot etadi.

Inson taraqqiyoti indeksi past davlatlarda esa vaziyat boshqacharoq tus olishi mumkin. Yaʼni har 27 ayoldan biriga koʼkrak bezi saratoni tashxisi qoʼyilib, 48 nafar bemordan biri hayotdan koʼz yumadi.

Eslatib oʼtamiz, 2022 yilda sayyoramiz boʼyicha 20 milliondan ortiq saratonga chalingan bemor va 10 millionga yaqin oʼlim holatlari qayd etildi. Onkologik kasalliklardan oʼlim sabablari orasida oʼpka saratoni yetakchilik qilgan — 18,7 foiz. Bu dard 1,8 million kishining hayotiga zomin boʼldi.

Аna shunday noxush holatlarning oldini olish uchun JSST 2023 yil dekabrь oyida elektron sigareta isteʼmoli, realizatsiyasi va targʼibotini nazorat qilish hamda tartibga solish yuzasidan hukumatlarga shoshilinch tavsiyalar berdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech