Yangiliklar

not found

Oʼzbekistonda tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming bemor dori bilan taʼminlanadi

“2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi Hujjat koʼra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:- latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining tekshiruvlari sonini 1 milliontagacha yetkaziladi.-bu kasallikka chalingan shaxslarni profilaktik davolash qamrovini 21 mingtagacha oshiriladi.-tuberkulyoz mikrobakteriyasini tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovini 120 mingtagacha yetkaziladi.-tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafar bemorni dori vositalari bilan taʼminlanadi. Xususan:a) 1-qator (doriga sezuvchan tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 15 ming;2 va 3-qatorlar (doriga rezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 3 ming (2020-y. – 1,9 ming, 2021-y. – 2,3 ming); b) tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi orasidan tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi boʼlgan xavf guruhiga mansub shaxslar roʼyxati shakllantiriladi hamda:- oʼsmirlar va kattalar rentgenologik (yiliga 3,5 million);- bolalar immunologik (yiliga 520 ming) tekshiruvdan oʼtkaziladi. 2023 yil 1 fevralga qadar ftiziatriya kasalligining Yagona elektron reestri ishlab chiqiladi. Xavf guruhidagi mahkumlar bilan bevosita aloqada boʼlayotgan ichki ishlar xodimlarini yillik koʼriklar doirasida latent tuberkulyoz infektsiyasiga skrining oʼtkazish tartibi joriy etiladi.

  • 24 Yanvar, 09:33
  • Batafsil
not found

"CLICK PHARMA" MChJga berilgan litsenziya bekor qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Yunusobod tuman boʼlimi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo koʼchasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MChJ dorixonasida oʼtkazilgan tekshiruv natijasiga koʼra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va qonunga xilof ravishda sotish uchun saqlanayotgan 199 dona "Zardeks" dori vositalari borligi aniklanib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Yuqoridagi holat boʼyicha Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar Yunusobod tumani, Buyuk Turon MFY. Osiyo koʼchasi, 21-uy manzilida joylashgan "CLICK PHARMA" MChJga 2018 yil 18 iyunda berilgan TS 1166-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "CLICK PHARMA" MChJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi. Eslatib oʼtamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar roʼyxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʼlgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

  • 20 Yanvar, 14:02
  • Batafsil
not found

SSV: Oʼzbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi

Аmrillo Inoyatov,Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vaziri: — Prezidentimizning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yoʼnalishi boʼyicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi. Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million АQSh dollariga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi. Unga muvofiq, yurtimizda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qoʼllaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yoʼlga qoʼyiladi: -vaktsina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;-immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yoʼli bilan olingan monoklonal antitanalar;-immun korrektsiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qoʼllaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, mielopeptidlar, oʼsma nekrozi omili, oʼsish omillari va boshqalar). Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan Oʼzbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani roʼyobga chiqarishga kelishildi. Maʼlumki, ildiz hujayralari oʼz-oʼzidan koʼpayish, mitoz yordamida boʼlinish va maxsus hujayralar hosil qilish, yaʼni turli aʼzo va toʼqimalarga aylana olish xususiyatiga ega. Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ildiz hujayralari yordamida jarohat yoki degenerativ xastaliklar natijasida oʼzgarishga uchragan toʼqimalarni tiklash mumkin. Shu maʼnoda, loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, koʼmik toʼqimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qoʼllaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

  • 19 Yanvar, 14:42
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech