11:57 (29.02.2024)

731

1 martdan nimalar oʼzgaradi?

Ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtiriladi

2024 yil 1 martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi. Yuridik shaxslar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda toʼlanganda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini toʼlashdan ozod etiladi;

➖ litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;

2025 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha oʼtish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

Farmatsevtika mahsulotlarini davlat xaridlarini amalga oshirishda

Davlat buyurtmachisi davlat xaridlarini amalga oshirishda bir lotga faqat bitta turdagi farmatsevtika mahsulotini (xalqaro nodavlat nom ostidagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini) kiritishi mumkin. 

"Xavfni tahlil etish" tizimi yoʼlga qoʼyiladi

Dori vositalari va tibbiy buyumlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Sogʼliqni saqlash vazirligida "xavfni tahlil etish" tizimi yoʼlga qoʼyiladi. (https://lex.uz/pdfs/6774915)

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech