09:00 (17.07.2024)

30

Sayyorada koʼrish yomonlashmoqda: 2050 yilga kelib, aholining 50 foizi miopiyadan aziyat chekadi

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, gadjetlardan koʼp foydalanish va ochiq havoda faollikning kamayishi uzoqni koʼra olmaslik (miopiya) kuchayishiga sabab boʼlgan omillardan boʼlib, davolanmasa, koʼrlik xavfini oshiradi.

El Pais nashri prognozlarni eʼlon qildi. Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlarda oʼrta maktabni tugatgan bolalarning taxminan 80 foizi ushbu koʼrish nuqsonidan aziyat chekmoqda va ularning 10% dan 20% gachasi juda yaqinni koʼra olmaydi.

Sayyoraning koʼrish qobiliyati yomonlashmoqda. 2016-yilda oʼtkazilgan ilmiy tahlil 21-asr boshida 1,4 milliard odam uzoqni koʼra olmasligini aniqladi va bu raqam 2050-yilga borib 4,7 milliardga yetishini bashorat qildi. Bu dunyo aholisining deyarli yarmiga toʼgʼri keladi, garchi hududlar boʼyicha farqlar mavjud boʼlsa-da: asrning oʼrtalariga kelib, Sharqiy Afrikada miopiyaning tarqalishi 23% dan past boʼladi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yuqori daromadli mamlakatlarda esa, har uch kishidan ikkitasi kasallikdan aziyat chekishi taxmin qilinmoqda.

Ispaniyada oʼtkazilgan soʼnggi tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, besh yoshdan yetti yoshgacha boʼlgan bolalarda miopiyaning tarqalishi 19% ni tashkil qiladi, ammo 2030 yilga kelib u 30% ga yetadi.

Bundan tashqari, koʼrishning ortga qaytmas yoʼqolishiga olib kelishi mumkin boʼlgan patologik oʼzgarishlar rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. Gap katarakta, glaukoma, toʼr pardaning koʼchib tushishi haqida bormoqda. Tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, yoshlarda miopiyaning ogʼir holatlari sariq dogʼ degeneratsiyasi rivojlanish ehtimolini 41 foizga oshiradi. Bu, oʼz navbatida, yosh oʼtishi bilan koʼrish qobiliyatining yoʼqolishiga sabab boʼladi.

Oftalmologlar odamlarni “20-20-20” qoidasiga amal qilishga chaqirmoqda: Har 20 daqiqada 20 fut uzoqlikda, yaʼni taxminan olti metr masofada joylashgan biror narsaga 20 soniya davomida qarab turish lozim. Shuningdek, bolalarni, yoshlarni gadjetlardan foydalanishda ko'zga yaqin tutmasligini nazorat qilish va ekranni yaxshi yoritilishini, qorongʼuda foydalanmasligini va tanaffus qilishini taʼminlash kerak. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech