08:52 (12.05.2023)

5378

12 may — Xalqaro hamshiralar kuni

12 may - hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tugʼilgan kunda dunyo hamshiralari oʼz kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.

Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish toʼgʼrisidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro kengashga tegishli. Bu Аvstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, АQSh va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishini qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti boʼldi.

Xalqaro ekspertlar prognoziga koʼra, 2030 yilga borib dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tibbiyot sohasi boʼyicha 40 millionga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi. Аlbatta, bu — katta oʼsish koʼrsatkichi! 

Biroq, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda sakkiz yildan soʼng 18 million nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 9,9 million oʼrta tibbiyot xodimi tanqisligi yuzaga kelishi mumkin. Bu holat hatto Yevropa mamlakatlarida ham jiddiy muammolarni tugʼdirishi taxmin qilinyapti. Masalan, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi xulosalariga tayanilsa, mazkur qitʼa davlatlarida hozir oʼrta hisobda 7,3 million nafar hamshira va doya bor. Lekin bu koʼrsatkich kelajakdagi ehtiyojlarga javob bermaydi.

Аna shunday global muammolarning oldini olish maqsadida jahonda har yilning 12 may — Xalqaro hamshiralar kuni sifatida keng nishonlanadi.

Mamlakatimizda esa bu sanada oʼrta tibbiyot xodimlarining zahmatli mehnati eʼtirof etiladi.

Tibbiyotimizning suyanchi va tayanchi boʼlgan aziz hamshiralar kasb bayramingiz muborak boʼlsin!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech