11:50 (31.10.2024)

57

2025-yilgi budjet loyihasi: Qaysi vazirlik va idoraga qancha mablag‘ yo‘naltiriladi?

29-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mamlakatning 18 ta vazirligiga jami 195 trln 763 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ro‘yxatda uchta vazirlik — Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha alohida ma’lumot berilmagan bo‘lib, bu ma’lumot an’anaviy ravishda boshqa tashkilotlar oladigan jami mablag‘ga qo‘shib ko‘rsatilgan.

2025-yilda boshqa tashkilotlarga jami 49 trln 989 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda. Vazirliklarga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha (mlrd so‘mdan kichik miqdorlar yaxlitlangan):

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga — 95 trln 920 mlrd so‘m (vazirlik xarajatlari kesimida juda ko‘plab ijtimoiy xarajatlar, tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish, joriy va boshqa xarajatlar o‘rin olgan);
  2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga — 59 trln 464 mlrd so‘m;
  3. Suv xo‘jaligi vazirligiga — 10 trln 410 mlrd so‘m;
  4. Transport vazirligiga — 6 trln 714 mlrd so‘m;
  5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga — 6 trln 280 mlrd so‘m;
  6. Sog‘liqni saqlash vazirligiga — 5 trln 94 mlrd so‘m;
  7. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 992 mlrd so‘m;
  8. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga — 1 trln 794 mlrd so‘m;
  9. Madaniyat vazirligiga — 1 trln 172 mlrd so‘m;
  10. Sport vazirligiga — 1 trln 135 mlrd so‘m;
  11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga — 1 trln 116 mlrd so‘m;
  12. Tashqi ishlar vazirligiga — 1 trln 27 mlrd so‘m;
  13. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga — 1 trln 9 mlrd so‘m;
  14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga — 927 mlrd so‘m;
  15. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga — 733 mlrd so‘m;
  16. Raqamli texnologiyalar vazirligiga — 532 mlrd so‘m;
  17. Adliya vazirligiga — 322 mlrd so‘m;
  18. Energetika vazirligiga — 123 mlrd so‘m;

Boshqa davlat idoralariga ajratiladigan mablag‘ miqdori quyidagicha:

  1. Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga — 21 trln 139 mlrd so‘m.
  2. Bosh prokuraturaga — 2 trln 732 mlrd so‘m.
  3. Vazirlar Mahkamasiga — 2 trln 184 mlrd so‘m.
  4. Oliy sudga — 1 trln 804 mlrd so‘m.
  5. Prezident administratsiyasiga — 1 trln 673 mlrd so‘m.
  6. Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga — 1 trln 277 mlrd so‘m.
  7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga — 881 mlrd so‘m.
  8. Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga — 686 mlrd so‘m.
  9. Yoshlar ishlari agentligiga — 456 mlrd so‘m.
  10. Fanlar akademiyasiga — 447 mlrd so‘m.
  11. Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 350 mlrd so‘m.
  12. Prezident huzuridagi Statistika agentligiga — 239 mlrd so‘m.
  13. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga — 179 mlrd so‘m.
  14. Madaniy meros agentligiga — 177 mlrd so‘m.
  15. Davlat soliq qo‘mitasiga — 169 mlrd so‘m.
  16. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga — 164 mlrd so‘m.
  17. Badiiy akademiyaga — 160 mlrd so‘m.
  18. Oliy Majlis Senatiga — 127 mlrd so‘m.
  19. Hisob palatasiga — 116 mlrd so‘m.
  20. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga — 106 mlrd so‘m.
  21. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga — 96 mlrd so‘m.
  22. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga — 75 mlrd so‘m.
  23. Sudyalar Oliy kengashiga — 54 mlrd so‘m.
  24. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligiga — 44 mlrd so‘m.
  25. O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga — 41 mlrd so‘m.
  26. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga — 33 mlrd so‘m.
  27. Markaziy saylov komissiyasiga — 29 mlrd so‘m.
  28. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga — 29 mlrd so‘m.
  29. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga — 28 mlrd so‘m.
  30. Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga — 20 mlrd so‘m.
  31. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) — 19 mlrd so‘m.
  32. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga — 16 mlrd so‘m.
  33. Konstitutsiyaviy sudga — 13 mlrd so‘m.
  34. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga — 13 mlrd so‘m.
  35. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga — 12 mlrd so‘m.
  36. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markaziga — 11 mlrd so‘m.
  37. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga — 9 mlrd so‘m.
  38. Milliy antidoping agentligiga — 9 mlrd so‘m.
  39. Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmani) — 3 mlrd so‘m.
  40. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga — 3 mlrd so‘m.
  41. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasiga — 0,84 mlrd so‘m.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech