11:55 (30.10.2024)

498

JSST sil kasalligini yuqumli kasalliklardan o‘limning asosiy sababi deb atadi

Sil kasalligi 2023-yilda yana yuqumli kasalliklardan o‘limning asosiy sababi sifatida COVID-19 o‘rnini egalladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hisobotida qayd etilgan.

"2023-yilda taxminan 8,2 million yangi bemorda sil kasalligi aniqlandi - bu JSST sil kasalligini global monitoringini boshlagan 1995-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Natijada, sil yana o‘limning asosiy infeksion sababi bo‘lib, COVID-19 ni bu pozitsiyadan siqib chiqardi", - deyiladi hisobotda.

Sil kasalligidan o‘lganlarning umumiy soni 2022-yildagi 1,32 milliondan 2023-yilda 1,25 millionga kamaygan bo‘lsada, 2023-yilda sil bilan kasallanganlarning umumiy soni biroz oshib, taxminan 10,8 millionga yetgan.

Tashkilotning alohida ta’kidlashicha, kasallik nomutanosib ravishda 30 mamlakat aholisiga ta’sir qiladi. Dunyoda sil kasalligining 56 foizi Hindiston (26%), Indoneziya (10%), Xitoy (6,8%), Filippin (6,8%) va Pokiston (6,3%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobotda silga chalinganlarning 55 foizi erkaklar, 33 foizi ayollar, 12 foizi bolalar va o‘smirlar ekanligi qayd etilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech