08:58 (31.10.2024)

70

“Farmakonazoratning tegishli amaliyoti - GVP” standarti tasdiqlandi

Prezidentning 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-20-son Farmonida dori vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti — GVP” standartini joriy etish belgilangan edi

Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM tomonidan Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy - tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Farmakonazoratning tegishli amaliyoti - GVP" standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu standart joriy yil 1-noyabrdan amalga kiritiladi.

Ma’lumot uchun “Farmakonazoratning tegishli amaliyoti (GVP)” standarti dori preparatlarining xavfsizligi nazorati, dori preparatlarining «foyda-xavf» nisbatidagi barcha o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, dori preparatlarining foydasi xavfidan yuqori bo‘lganda ulardan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech