Orfan dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi
SSV kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini yangiladi (ro‘yxat raqami 3258-3, 12.09.2022 y.)
Ro‘yxat 171 pozitsiyadan 176 pozitsiyagacha oshirilgan.
Yangilangan ro‘yxatga blinitumomab, akalabrutinib, pomalidomid, ekulizumab prepararatlari shuningdek, antimikrobli gidrogel bog‘lami Miramistin qo‘shilgan.
Ma'lumot o‘rnida, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasiga muvofiq, Orfan dori vositalari hamda orfan kasalliklarga tashxis qo‘yishda va ularni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar importi, o‘ta xavfli infektsiyalar, shuningdek epidemiologik jihatdan xavf tug‘diradigan infektsiyalar profilaktikasida, ularga tashxis qo‘yishda hamda ularni davolashda qo‘llaniladigan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmasi bo‘yicha import qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda tibbiy texnika importi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
- 10 Oktyabr, 15:05
-
Batafsil