Yangiliklar

not found

Ota-onalarning teletibbiyotdan foydalanishi 5 barobar koʼpaydi

Ota-onalar bolalar shifokorlari bilan teletibbiyot maslahatlariga tobora koʼproq murojaat qila boshladilar. Yil davomida ularga boʼlgan soʼrovlar soni bir qator profillar boʼyicha 4-6 barobar oshdi. Buni “Альфастрахование” va “Доктор Рядом” tibbiy texnologiya kompaniyasi tomonidan oʼtkazilgan bemorlarning onlayn qaydlaridan olingan maʼlumotlar va shaxsiy boʼlmagan umumlashtirilgan teletibbiyot maslahatlari maʼlumotlari tahlili tasdiqlaydi. 2022 yil oxirida pediatrlar bilan maslahatlashuvlarning barqaror oʼsishi qayd etildi. 2023 yil oxirida pediatrlarga tashriflar soni 20 foizga kamaydi, ammo tor ixtisoslashgan pediatriya shifokorlari bilan maslahatlashuvlar ommalashdi. Masalan, bolalar vrachlariga- LOR, gastroenterolog, dermatologlariga 2022-yilga nisbatan qariyb besh barobar, nevropatologlarga – qariyb toʼrt barobar, oftalmologlarga – uch barobar koʼproq talab boʼlgan. Pediatrlar bilan teletibbiyot konsulьtatsiyalarining eng katta oʼsishi oʼtgan yilning iyun, oktyabr va dekabr oylarida qayd etilgan. “Bemorlar teletibbiyot xizmatlaridan tobora koʼproq foydalanmoqda, bu yaxshi shifokor bilan muloqot qilishning ishonchli hamda tezkor usuli ekanligini isbotladi. Bolalarga kelsak, bu ayniqsa muhimdir, chunki bolaning kasal boʼlishi ota-onani qattiq xavotirga soladi. Tez yordam chaqirish uchun hech qanday sabab boʼlmasa, mutaxassisga koʼrinish uchun uzoq navbatda turish kerak boʼlsa, yordam esa ayni damda kerak boʼlganda teletibbiyot qoʼl keladi. Turli xil profildagi shifokorlarning tobora ommalashib borayotgani kasalliklarning koʼpayishidan emas, balki xizmatning oʼzi va unga boʼlgan ishonchning rivojlanishidan dalolat beradi ", - deydi “Альфастрахование” direktori Aleksandr Lapunov.

  • 6 Iyun, 17:38
  • Batafsil
not found

Prezident «Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida»gi qonunni imzoladi

Prezident «Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Аdliya vazirligi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʼtgach kuchga kiradi. Qonun  davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʼarmalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʼlgan aktsiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar toʼqnashuvi, manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish boʼyicha maxsus boʼlinma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi. Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi: - davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari; - davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʼsha yuridik shaxs; - davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʼlsa, oʼsha yuridik shaxs. Qonunga koʼra, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʼqnashuvi bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga koʼra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimi hamda maxsus boʼlinmaning rahbari manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish uchun masʼul hisoblanadi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar tarkibiy boʼlinmasining rahbari mavjud manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish boʼyicha oʼz vakolatlari doirasida koʼrilgan choralar toʼgʼrisida maxsus boʼlinmaga 1 ish kuni ichida axborot taqdim etishi shart. Maxsus boʼlinma koʼrilgan choralarning yetarliligi (toʼgʼriligi) toʼgʼrisidagi masalani koʼrib chiqish uchun axborotni 3 ish kuni ichida odob-axloq komissiyasiga taqdim etadi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʼtgach kuchga kiradi.

  • 6 Iyun, 15:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech