08:55 (06.06.2024)

938

50 yoshdan oshgan ayollar qanday tibbiy tekshiruvlardan oʼtishi kerak?

Yosh oʼtishi bilan immunitet pasayib, surunkali kasalliklar asoratlari va yangi xastaliklar paydo boʼlish ehtimoli ortadi. Shuning uchun 50 yoshdan keyin shifokorlar barcha ayollarga rejali ravishda tibbiy koʼrikdan oʼtib turishni tavsiya qiladi.

Bunday koʼriklar koʼplab xavfli kasalliklarni aniqlash va ular rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

Koʼkrak bezi saratoni skriningi.

Koʼkrak bezi saratonini vaqtida aniqlash orqali bemor hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun shifokorlar 50 yoshdan oshgan ayollarga har yili mammografiyadan oʼtishni tavsiya qiladi.

 Bachadon boʼyni saratoni skriningi.

Baʼzi ayollar ushbu muhim tekshiruvni eʼtiborsiz qoldiradi. Vaholanki, bachadon boʼyni saratoni oʼlim darajasi yuqori boʼlgan eng xavfli kasalliklardan biridir.

Qaygʼuli oqibatlar koʼpincha bemorlar oʼz vaqtida koʼrikdan oʼtmaganligi sababli yuzaga keladi. Kolьposkopiya bachadon boʼyni oʼsmalarini tashxislash uchun qoʼllaniladi.

Toʼliq gormonal tekshiruv.

Estrogen va testosteron yillar davomida darajalari oʼzgarib turadigan organizmdagi asosiy gormonlardir. Biroq boshqa gormonlarni ham muntazam tekshirib turgan yaxshi. Chunki ularning muvozanati metabolizm, miya, ishtaha, tana harorati va hokazolarga taʼsir qilishi mumkin.

Osteoporoz diagnostikasi.

Yillar davomida suyaklardagi kalьtsiy darajasi keskin pasaya boshlaydi va bu koʼpincha xavfli tizimli kasallik — osteoporozga olib keladi.

Xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi eng samarali tekshiruv suyak densitometriyasidir (suyak zichligini oʼlchash). 50 yoshdan keyin har yili ushbu tekshiruvdan oʼtib turish foydali.

Qon bosimini oʼlchash.

Menopauza va u bilan bogʼliq oʼzgarishlar tufayli ayollarda gipertoniya rivojlanishi juda keng tarqalgan. Аgar u nazorat ostida boʼlmasa, xavfli yurak-qon tomir patologiyalari vujudga kelishi mumkin.

Qonda shakar va xolesterin miqdorini aniqlash.

Qonda glyukoza darajasini tekshirish ikkinchi toifa diabetni aniqlashga yordam beradi. Bu koʼpincha 40-50 yoshdan keyin tashxis qilinadi.

Yomon xolesterin (LDL) uchun oʼz vaqtida va muntazam ravishda qon tahlilini topshirish infarkt va insulьtning sababi boʼlgan ateroskleroz (tomirlarning devorlarida blyashka shakllanishi) rivojlanishining oldini oladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech