Yangiliklar

not found

"Superbakteriyalar" ga qarshi viruslarga asoslangan terapiyaning samaradorligi isbotlandi

Xalqaro shifokorlar guruhi bir necha oʼnlab bemorlarni "superbakteriyalar" keltirib chiqaradigan infektsiyalardan toʼliq davolash uchun antibiotiklar va individual tanlangan bakteriofag-viruslarining kombinatsiyasidan muvaffaqiyatli foydalandi. Bunday terapiyaning samaradorlik darajasi 61 foizdan oshdi, deb yozadi “TASS” Nature Microbiology jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib. Olimlar bir necha oʼn yillar davomida antibiotiklarga chidamli turli xil "supermikroblar" keltirib chiqaradigan ogʼir infektsiyalarni davolash uchun bakteriofag-viruslarini qoʼllash imkoniyatini oʼrganishdi. Olimlar taʼkidlashicha, 2008-2022 yillarda ular ishlab chiqqan terapiya turlari Belgiya, Yevropaning 10 ta davlati va Tunisda yashovchi ogʼir surunkali nafas yoʼllari yoki suyak infektsiyalari tashuvchisi boʼlgan 100 nafar bemorni davolashda foydalanilgan. Bu tadqiqotchilarga bakteriofaglardan doimiy va ogʼir infektsiyalarga qarshi kurashishda foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek, ushbu viruslardan foydalanishning optimal strategiyasini tanlash imkoniyatini berdi. Olimlarning tahlillari shuni koʼrsatdiki, bakteriofagga asoslangan terapiya odatda juda yuqori samaradorlikka ega - bemorlarning 77 foizining ahvolini yaxshilangan va bemorlarning 61 foizida infektsiyani butunlay yoʼq qilgan. Shu bilan birga, olimlar antibiotiklar va alohida tanlangan viruslar kombinatsiyasi mikroblarga individual bakteriofaglar yoki bir nechta viruslarning aralashmalariga qaraganda 70% samaraliroq taʼsir koʼrsatishini aniqladilar. Shifokorlarning fikriga koʼra, bakteriofaglar va antibiotiklar kombinatsiyasidan foydalangan holda ogʼir infektsiyalarni davolash uchun kengroq klinik sinovlarni oʼtkazish kerak. Bakteriofag-viruslari haqida Antibiotiklar kashf etilishidan oldin olimlar bakteriofag-viruslarini infektsiyalarga qarshi kurash vositalaridan biri deb hisoblashgan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin oʼrganilmagan. Antibiotiklarga chidamli mikroblarning yangi shtammlarining paydo boʼlishi shifokorlar va biologlarni infektsiyalarni davolashning ushbu shaklini qoʼllab koʼrishga, tadqiqot oʼtkazishga majbur qildi. 

  • 7 Iyun, 09:00
  • Batafsil
not found

Ota-onalarning teletibbiyotdan foydalanishi 5 barobar koʼpaydi

Ota-onalar bolalar shifokorlari bilan teletibbiyot maslahatlariga tobora koʼproq murojaat qila boshladilar. Yil davomida ularga boʼlgan soʼrovlar soni bir qator profillar boʼyicha 4-6 barobar oshdi. Buni “Альфастрахование” va “Доктор Рядом” tibbiy texnologiya kompaniyasi tomonidan oʼtkazilgan bemorlarning onlayn qaydlaridan olingan maʼlumotlar va shaxsiy boʼlmagan umumlashtirilgan teletibbiyot maslahatlari maʼlumotlari tahlili tasdiqlaydi. 2022 yil oxirida pediatrlar bilan maslahatlashuvlarning barqaror oʼsishi qayd etildi. 2023 yil oxirida pediatrlarga tashriflar soni 20 foizga kamaydi, ammo tor ixtisoslashgan pediatriya shifokorlari bilan maslahatlashuvlar ommalashdi. Masalan, bolalar vrachlariga- LOR, gastroenterolog, dermatologlariga 2022-yilga nisbatan qariyb besh barobar, nevropatologlarga – qariyb toʼrt barobar, oftalmologlarga – uch barobar koʼproq talab boʼlgan. Pediatrlar bilan teletibbiyot konsulьtatsiyalarining eng katta oʼsishi oʼtgan yilning iyun, oktyabr va dekabr oylarida qayd etilgan. “Bemorlar teletibbiyot xizmatlaridan tobora koʼproq foydalanmoqda, bu yaxshi shifokor bilan muloqot qilishning ishonchli hamda tezkor usuli ekanligini isbotladi. Bolalarga kelsak, bu ayniqsa muhimdir, chunki bolaning kasal boʼlishi ota-onani qattiq xavotirga soladi. Tez yordam chaqirish uchun hech qanday sabab boʼlmasa, mutaxassisga koʼrinish uchun uzoq navbatda turish kerak boʼlsa, yordam esa ayni damda kerak boʼlganda teletibbiyot qoʼl keladi. Turli xil profildagi shifokorlarning tobora ommalashib borayotgani kasalliklarning koʼpayishidan emas, balki xizmatning oʼzi va unga boʼlgan ishonchning rivojlanishidan dalolat beradi ", - deydi “Альфастрахование” direktori Aleksandr Lapunov.

  • 6 Iyun, 17:38
  • Batafsil
not found

Prezident «Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida»gi qonunni imzoladi

Prezident «Manfaatlar toʼqnashuvi toʼgʼrisida»gi qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda Аdliya vazirligi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʼtgach kuchga kiradi. Qonun  davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamgʼarmalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʼlgan aktsiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Qonunda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar toʼqnashuvi, manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish boʼyicha maxsus boʼlinma, shaxsiy manfaatdorlik, yaqin qarindoshlar kabi asosiy tushunchalar kiritildi. Quyidagi shaxslar davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar deb eʼtirof etiladi: - davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining yaqin qarindoshlari; - davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va (yoki) uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyalariga yoki ulushlariga egalik qilsa, oʼsha yuridik shaxs; - davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda boshqaruv organining rahbari yoki aʼzosi boʼlsa, oʼsha yuridik shaxs. Qonunga koʼra, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar toʼqnashuvi bilan bogʼliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimi tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ushbu davlat organida yoki boshqa tashkilotda tuzilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga koʼra, davlat organining yoki boshqa tashkilotning rahbar xodimi hamda maxsus boʼlinmaning rahbari manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish uchun masʼul hisoblanadi. Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar tarkibiy boʼlinmasining rahbari mavjud manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish boʼyicha oʼz vakolatlari doirasida koʼrilgan choralar toʼgʼrisida maxsus boʼlinmaga 1 ish kuni ichida axborot taqdim etishi shart. Maxsus boʼlinma koʼrilgan choralarning yetarliligi (toʼgʼriligi) toʼgʼrisidagi masalani koʼrib chiqish uchun axborotni 3 ish kuni ichida odob-axloq komissiyasiga taqdim etadi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʼtgach kuchga kiradi.

  • 6 Iyun, 15:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech