09:00 (07.06.2024)

530

"Superbakteriyalar" ga qarshi viruslarga asoslangan terapiyaning samaradorligi isbotlandi

Xalqaro shifokorlar guruhi bir necha oʼnlab bemorlarni "superbakteriyalar" keltirib chiqaradigan infektsiyalardan toʼliq davolash uchun antibiotiklar va individual tanlangan bakteriofag-viruslarining kombinatsiyasidan muvaffaqiyatli foydalandi.

Bunday terapiyaning samaradorlik darajasi 61 foizdan oshdi, deb yozadi “TASS” Nature Microbiology jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib.

Olimlar bir necha oʼn yillar davomida antibiotiklarga chidamli turli xil "supermikroblar" keltirib chiqaradigan ogʼir infektsiyalarni davolash uchun bakteriofag-viruslarini qoʼllash imkoniyatini oʼrganishdi.

Olimlar taʼkidlashicha, 2008-2022 yillarda ular ishlab chiqqan terapiya turlari Belgiya, Yevropaning 10 ta davlati va Tunisda yashovchi ogʼir surunkali nafas yoʼllari yoki suyak infektsiyalari tashuvchisi boʼlgan 100 nafar bemorni davolashda foydalanilgan. Bu tadqiqotchilarga bakteriofaglardan doimiy va ogʼir infektsiyalarga qarshi kurashishda foydalanish samaradorligini baholash, shuningdek, ushbu viruslardan foydalanishning optimal strategiyasini tanlash imkoniyatini berdi.

Olimlarning tahlillari shuni koʼrsatdiki, bakteriofagga asoslangan terapiya odatda juda yuqori samaradorlikka ega - bemorlarning 77 foizining ahvolini yaxshilangan va bemorlarning 61 foizida infektsiyani butunlay yoʼq qilgan. Shu bilan birga, olimlar antibiotiklar va alohida tanlangan viruslar kombinatsiyasi mikroblarga individual bakteriofaglar yoki bir nechta viruslarning aralashmalariga qaraganda 70% samaraliroq taʼsir koʼrsatishini aniqladilar.

Shifokorlarning fikriga koʼra, bakteriofaglar va antibiotiklar kombinatsiyasidan foydalangan holda ogʼir infektsiyalarni davolash uchun kengroq klinik sinovlarni oʼtkazish kerak.

Bakteriofag-viruslari haqida

Antibiotiklar kashf etilishidan oldin olimlar bakteriofag-viruslarini infektsiyalarga qarshi kurash vositalaridan biri deb hisoblashgan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin oʼrganilmagan. Antibiotiklarga chidamli mikroblarning yangi shtammlarining paydo boʼlishi shifokorlar va biologlarni infektsiyalarni davolashning ushbu shaklini qoʼllab koʼrishga, tadqiqot oʼtkazishga majbur qildi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech