Yangiliklar

not found

Hindistonda zaharli moddalar bo`lgan yana ikkita sirop topildi

Hindistonning Dori-darmon standartlari va nazorati markaziy boshqarmasi (CDSCO) Norris Medicines kompaniyasining yo‘talga qarshi siropi va allergiyaga qarshi siropi tarkibida zaharli moddalar borligini aniqladi. Bir necha oy oldin Hindistonda ishlab chiqarilgan yo'tal siroplarini iste'mol qilgan 141 ta bola vafot etgani ma'lum bo'ldi. Ularda dietilen glikol va etilen glikol borligi aniqlangan - o'tgan yilning o'rtalarida Gambiya, O'zbekiston va Kamerunda o'limga sabab bo'lgan yo'tal siroplarida bo'lgan bir xil moddalar. Dorilarda dietilen glikol va etilen glikol masalasi so'nggi ikki yil ichida birinchi marta CDSCO oylik hisobotlarida paydo bo'ldi. Mamlakatda ulushi 42 milliard dollarga yaqin bo`lgan kichik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarni yopish bo‘yicha faol siyosat olib borilmoqda. Gujarat shtatining oziq-ovqat va farmatsevtika boshqarmasi xodimi H.G. Koshianing so‘zlariga ko‘ra,  o'tgan oy Norris zavodini tekshirishdan so'ng, agentlik ishlab chiqarishni to'xtatib turishga va chiqarilgan dori-darmonlarni qaytarib olishga qaror qildi. CDSCO laboratoriya sinovlariga ko'ra, Trimax yo'tal siropi tarkibida 0,118% etilen glikol, Sylpro Plus allergiya siropida 0,171% etilen glikol va 0,243% dietilen glikol mavjud. Shu munosabat bilan, siroplar sifatsiz dori vositalari, qalbaki dori vositalari, shuningdek, kritik miqdorda zaharli moddalarni o‘z ichiga olgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritildi. Ro‘yxat avgust oyida idora veb-saytida e’lon qilingan. Koshia, Norris yo'tal siropini ba'zi mamlakatlarga eksport qilganini aytdi, ammo ayni qaysi mamlakatlarga ekanligi ma`lum emas. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro standartlarga ko'ra, bunday moddalarning ruxsat etilgan maksimal miqdori 0,10% dan oshmaslik kerakligini ta`kidladi.   

  • 6 Oktyabr, 12:05
  • Batafsil
not found

"Benzonal" dori vositasining taqchilligi bo'yicha rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Benzonal" dori vositasining taqchilligi bo'yicha turli xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi quyidagilarni ma’lum qiladi. “Benzonal” (xalqaro patentlanmagan nomi – benzobarbital) preparati vrach retsepti asosida beriladigan dori vositasi hisoblanadi. U kelib chiqishi turli bo‘lgan, shu jumladan fokal va Djekson xurujlari hollarida, shuningdek, tutqanoqning talvasali shakllarini davolashda qo‘llanadi. Yurtimizda tarkibida benzobarbital moddasini saqlovchi 6 nomdagi (3 ta xorijiy va 3 ta mahalliy) dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan tibbiyot amaliyotida foydalanishga ruxsat berilgan. Jumladan, Rossiyaning “Usole-Sibirskiy ximfarmzavod”, “TatXimFarmPreparati” hamda Armanistonning “Arpimed” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Benzonal” savdo nomidagi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz “Neogalenpharm”, “Remedy Group” va “Merrymed Farm” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan “Benzonal-NGP”, “Benzonal-RG”, “Mer Benzonal” savdo nomidagi dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi “Benzonal” dori vositasini erkin muomalaga chiqarilishida hech qanday to‘siq va cheklovlar yo‘qligini ma’lum qilib, mazkur preparatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashtirishda mahalliy va chet el ishlab chiqaruvchilariga o‘z vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildiradi. Ayni kunlarda aholining ushbu dori vositasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

  • 6 Oktyabr, 09:02
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech