10:04 (23.10.2023)

1056

Qaysi dorilarni ichgach, mashina boshqarmagan maʼqul?

Tarkibida spirt boʼlgan dori vositalarini qabul qilish - yoʼtal siroplari, sedativlar va mikroblarga qarshi vositalar - qondagi etanol kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida spirt mavjud boʼlgan eng keng tarqalgan dorilar orasida valerian, pustirnik va exinatseya damlamasi bor.

Ogʼriq qoldiruvchi vositalar

Ogʼriq qoldiruvchi vositalar, hatto retseptsiz sotiladiganlar va ularning tarkibiy qismlari ham diqqat va konsentratsiyaga taʼsir qilishi mumkin. Masalan, tarkibida asetilsalitsil kislotasi mavjud dorilar, xususan Aspirin, Sitramon.
Kodeinni oʼz ichiga olgan analgetiklarni qabul qilishda ham ehtiyot boʼlish kerak. Ular reaktsiya tezligini pasaytiradi.

Nervlarni davolash uchun dorilar

Antidepressantlar, neyroleptiklar, antipsikotiklar va uyqu tabletkalari uyquni normallashtirish, tinslantishi va hissiy stressni bartaraf etish uchun buyuriladi. Ushbu dorilarning yon taʼsiri doirasi juda keng - ular orasida letargiya, uyquchanlik, diqqatning zaiflashishi, mushaklar harakatining pasayishi va hatto gallyutsinatsiyalar mavjud.

Koʼz tomchilari

Oftalmologlar tomonidan tekshirish uchun ishlatiladigan atropin tomchilari qorachiqlarning kengayishiga olib keladi, bu esa koʼrishga taʼsir qiladi. Shifokorlar bunday tomchilardan keyin haydovchilarga bir kun mashina haydamaslikni tavsiya qiladilar.

Аllergiyaga qarshi preparatlar

Allergiyaga qarshi dorilar, yoki antigistaminlardan foydalanish koʼpincha uyquchanlik bilan birga keladi, bu esa mashina haydashni qiyinlashtiradi.

Yoʼtal va shamollashga qarshi dorilar

Odatda bir vaqtning oʼzida bir nechta alomatlar bilan kurashish va shamollashning holatini yaxshilash mumkin boʼlgan faol moddalar kombinatsiyasini oʼz ichiga olgan paketlarni qabul qilishda ham ehtiyot boʼlish kerak. Eng keng tarqalgan komponentlar feniramin, fenilefrin, xlorfenamin boʼlib, ulardan foydalanish uyquchanlikka olib kelishi mumkin.

Oshqozon-ichak tizimi dorilari

Ovqat hazm qilish muammolari uchun buyurilgan dorilar asab tizimining faoliyatini "sekinlashtirishi" mumkin. Bunday nojoʼya taʼsirlar koʼpincha loperamid va metoklopramidga asoslangan diareya va qusishga qarshi dori-darmonlarni qabul qilishda yuzaga keladi.

Shuningdek, tarkibida fenilefrin moddasini saqlovchi tomchi va spreylar.

Bu dorilar qabul qilingach, kamida 12 soat oʼtgach, mashina boshqarish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech