15:02 (06.08.2024)

1344

Postkovid sindromining xavfini hisoblash uchun kalkulyator ishlab chiqildi 

Kvinslend universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 xavf kalkulyatori endi postkovid sindromi rivojlanish xavfini aniqlash imkonini beradi.

Ushbu kalkulyator asosida Flinders universiteti, Kvinslend texnologiya universiteti, Sidney universiteti va Immunizatsiya koalitsiyasi olimlari, shifokorlari va tadqiqotchilari koronavirus infeksiyasidan 6 oy o‘tgach postkovid sindromi rivojlanish xavfini individual baholaydigan onlayn vositani ishlab chiqdilar.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti xodimi Kirsti Shortning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kalkulyator surunkali kasallikka qarshi kurashda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

"Postkovid sindrom - bu 10 xil a’zo tizimi tomonidan 200 dan ortiq alomatlarni o‘z ichiga olgan va mutlaqo har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan kasallik. Eng keng tarqalgan alomatlar qatoriga charchoq, kognitiv buzilishlar va hansirash kiradi," - dedi doktor Short.

Doktor Shortning ta’kidlashicha, COVID-19 ni tashxislash va davolash usullari hali mukammal emasligiga qaramay, hozirgi vaqtda ushbu kasallikning rivojlanish xavf omillarini aniq tushunishga erishildi.

"Kalkulyator bir qator omillarni, jumladan, yosh, jins, insonda shu kungacha bo`lgan kasalliklar, emlash, ilgari yuqtirgan infeksiyalar soni va virusga qarshi dorilarni qo‘llashni hisobga oladi," - dedi u.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech