12:04 (06.03.2024)

885

Antibiotiklarni nazoratsiz qoʼllash qanday xavf tugʼdiradi?

Oʼtkazilgan tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, bemor boʼlganlarning 70 foizi oʼz-oʼzini antibiotiklar bilan davolaydi yoki davolanish kursi oxiriga yetmasdan toʼxtatadi.

Bu nafaqat bemorga zarar yetkazadigan, balki antibiotikka qarshilikning paydo boʼlishiga hissa qoʼshadigan yondashuv hisoblanadi. Shu sababli, keyin preparat bakteriyalarga kerakli darajada taʼsir qilmaydi. Bu xavfli: antibiotiklarga chidamli infektsiyalar har yili dunyo boʼylab 700 mingdan ortiq insonning oʼlimiga sabab boʼladi.

Muhim: Antibiotiklar bakteriyalarga qarshi samarali. Virusli infektsiyalar uchun ularni qabul qilish foydasiz!

Shifokor retseptisiz antibiotiklar bilan davolanish quyidagi hollarda hech qanday foyda keltirmaydi:

- OʼRVI bilan;
- haroratning oshishi;
- yoʼtal;
- COVID-19;
- tomoq ogʼrigʼi;
- gripp;
- bosh ogʼrigʼi;
- diareya;
- infektsiyalarning oldini olish va boshqalar.

Agar bakterial infektsiyasi boʼlmagan odam antibiotikni ruxsatisiz qabul qilsa nima boʼladi?

Preparatni qoʼllash simptomlarni "xiralashtiradi" va tashxis qoʼyish uchun vaqt yoʼqotiladi. Shu sababli, kasallik rivojlanishi va asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, nojoʼya taʼsirlar ehtimoli ortadi.

Antibiotiklarni toʼgʼri qabul qilish uchun nima qilish kerak?

- Faqat shifokorning retsepti boʼyicha qabul qilish,
- Аhvol yaxshilanganda ham davolanish kursini oxiriga yetkazish kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech