08:56 (19.12.2023)

790

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ijtimoiy dorixonani tashkil etishda nomzod qanday tanlanadi?

Xususiy sheriklik uchun nomzodni tanlash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:

- dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi uchun litsenziyaning mavjudligi;
- dislokatsiyaga kiritilgan barcha tarmoq filiallarini toʼla hajmda tovarlar bilan taʼminlash uchun tegishli moddiy-texnik bazaning, tovar zaxirasining va aylanma vositalarining mavjudligi;
- aholini, shuningdek imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturning mavjudligi;
- qishloq shifokorlik punktlari mavjud boʼlmagan, shuningdek, togʼli oʼlkalar va chekka hududlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uchun maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobilning mavjudligi.

Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun nomzod tanlash toʼgʼrisidagi qaror Oʼzbekiston Respublika Sogʼliqni saqlash vazirligi davlat-xususiy sheriklik nomzodini tanlash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi. Komissiya tarkibi, uning ishchi organi va faoliyat reglamenti Oʼzbekiston Respublika Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Komissiya arizani oʼn ish kunidan ortiq boʼlmagan muddatda koʼrib chiqadi va davlat-xususiy sherikchilik toʼgʼrisida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi. Komissiya qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qabul qilingan qaror toʼgʼrisida nomzodni xabardor qiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech