12:26 (13.06.2023)
2697
Sogʼliqni saqlash vazirligining 02.06.2023 yildagi 14-son buyrugʼi bilan 2025 yil 1 yanvargacha boʼlgan muddatda davlat roʼyxatidan oʼtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʼllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʼzbekiston Respublikasida davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan analoglari mavjud boʼlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʼyxati tasdiqlandi.
Roʼyxatdan 29 ta dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi va 90 ta tibbiy buyumlar oʼrin egallagan.