08:45 (29.02.2024)

674

Davlat tomonidan taʼminlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari kengaytiriladi

“Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Qarori (PQ-88-son, 27.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, 2024 yil 1 maygacha davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi.

2024 yil 1 maydan:

♦ protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʼlar miqdorini bozor konʼyunkturasidan kelib chiqib oʼrtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;

♦ nogironligi boʼlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi;

♦ nogironlik guruhiga ega boʼlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi toʼgʼrisidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

2024 yil 1 maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024 yil 1 oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida taʼminlash tartibi joriy etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech