09:26 (15.05.2023)

2615

Dori vositalari narxlari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʼyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 188-son qarori qabul qilindi.

Prezidentning 04.04.2023 yildagi “Аholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PQ-110-son qaroriga muvofiq, Yagona axborot tizimi orqali nazarda tutilgan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxdan yuqori ustama qoʼygan holda sotish toʼgʼrisida murojaatlarni qabul qilish va koʼrib chiqish, shuningdek huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʼbatlantirish tartibi tasdiqlangan.

2023 yil 1 iyundan boshlab “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish va ishlov berish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʼbatlantirish amalga oshiriladi.

Bunda axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʼtkazish uchun asos boʼladi. Murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda koʼrib chiqiladi.

Murojaat bergan shaxs tasdigʼini topgan qonun buzilishi holatlari boʼyicha quyidagi miqdorlarda mukofot oladi: maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi va jinoyatlar uchun BHMning 5 baravarigacha miqdorda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech