18:00 (21.08.2024)

66

Dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D.I. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro Sh.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 402 quti “PK-Mers” nomli dori vositasini 12 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech