15:25 (01.04.2024)

645

Dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Аndijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda Аndijon shahrida faoliyat yurituvchi “K-B.” MChJga qarashli dorixonada muvofiqlik sertifikati boʼlmagan 87 turdagi hamda davlat roʼyxatidan oʼtmagan 66 turdagi umumiy bahosi 310 mln soʼmlik 19 350 dona dori vositalarini sotish uchun saqlab kelinganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Namangan viloyat boshqarma tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “G.Ph.” MChJning Namangan shahridagi dorixonasi mudiri G.X. fuqaro А.S.ga 40 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 645 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan sotish uchun saqlab qoʼyilgan 4 turdagi jami 204 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Norin tuman boʼlim tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “B.S.” MChJ dorixonasi sotuvchisi G.А. fuqaro M.X.ga 63 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 252 ming soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech