12:05 (19.12.2023)

683

Dorixonalarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy realizatsiya qilayotgan xodimlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʼqon shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “R.” MChJga qarashli dorixona mudiri M.I. xaridorga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʼlgan 3 xil turdagi 138 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 1 293 dona dori vositalarini ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar boʼlimi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “K.M.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi D.N. xaridorga 50 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jondor tuman  boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda esa, “F.M.” MChJga qarashli dorixona sotuvchi F.I. hech qanday hujjatsiz 4 dona “Gabanerv” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Sh.ga sotgan vaqtida ushlanib,  dorixonadan jami 198 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʼlgan dori vositalarini retsept boʼyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech