15:06 (20.12.2023)

561

Dorilarni qaysi payt ichgan maʼqul?

Maʼlumki, dori preparatlari taʼsir etish xususiyatiga koʼra turli vaqtlarda ichiladi. Bu haqda yoʼriqnomada aniq koʼrsatma beriladi.

Masalan, taomlanayotganda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi preparatlarni qabul qilish mumkin.

Ovqatlanib boʼlgach, yarim soatdan soʼng bosh ogʼrigʼiga qarshi ogʼriqsizlantiruvchi, peshob haydovchi, isitma tushiruvchi, yurak faoliyati uchun glikozidlar, shamollash va yalligʼlanishga qarshi hamda antibakterial taʼsirga ega dorilar ichiladi.

Taomlanishdan oldin ichiladigan turlari belgilangan soatiga koʼra:

tanovuldan 1 soat avval — probiotiklar;

yarim soat oldin — antatsid guruhiga mansub preparatlar, meʼda va oʼn ikki barmoq ichak yarasi uchun moʼljallangan dorilar;

Taomlanishdan 30-40 daqiqa ilgari — diareyaga qarshi preparatlar, kaltsiy, tetratsiklin guruhiga oid dori vositalarini qabul qilish mumkin.

Аchchiq va til tagiga tashlab ichiladigan dorilarni esa och qoringa qabul qilib boʼlmaydi.

Аgar preparat yoʼriqnomasida qabul qilish vaqti koʼrsatilmagan boʼlsa, uni kunning istalgan qismida ichishingiz mumkin. Bunda ovqatdan avvalgi 30-40 daqiqa eng maqbul muddatdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech